Surunkali Obstruktiv O‘Pka Kasalligi (So‘Ok): Klinika Va Tashxis
Abstract
Ushbu maqolada surunkali obstruktiv o‘pka kasalligining (SO‘OK) rivojlanish sabablari, klinik belgilar, tashxis qo‘yish usullari va kasallikni aniqlashdagi zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. SO‘OK – bu nafas yo‘llarining qaytarilmas torayishi bilan kechuvchi, surunkali yallig‘lanish jarayoniga asoslangan kasallik bo‘lib, asosan chekish, ekologik omillar va professional zararli ta’sirlar bilan bog‘liq. Maqolada spirometriya, rentgenologik tekshiruvlar, arterial gaz tahlillari kabi asosiy diagnostik usullar tahlil qilinadi. Kasallikning erta aniqlanishi va to‘g‘ri baholanishi davolash samaradorligini oshirishi hamda asoratlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlanadi.
Full text article
Generated from XML file
Authors
Yusuf qizi, A. D. (2025). Surunkali Obstruktiv O‘Pka Kasalligi (So‘Ok): Klinika Va Tashxis. Journal of Discoveries in Applied and Natural Science, 3(8), 106–111. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JDANS/article/view/3037
Copyright and license info is not available