KLARATARIYA (CROTALARIA JUNCEA) HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Abstract
Keyingi yillarda yerlardan dehqonchilik maqsadida foydalanish orqali turli xil muammolar kelib chiqmoqda,yerlarning meliorativ holati yomonlashib, unumdorligi yildan-yilga pasayib bormoqda. Bugungi kunda degradatsiyaga uchragan tuproqlar maydoni kengayishi nafaqat tuproq unumdorligi balki qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining ham pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
Tuproqlarni unumdorligini saqlash va oshirish, chorvachilik va asalarichilik sohalarini tez sur'atda rivojlantirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 martdagi PQ–4243-son «Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 9-bandida ozuqabop ekinlarning yangi navlari va duragaylarini yaratish, ularning agrotexnologiyalarini takomillashtirish, birlamchi urug‘chilik ishlarini olib borish, tuproq tarkibini yaxshilovchi kuchsiz va o‘rta darajada sho‘rlangan tuproq sharoitlariga mos yuqori oqsilli va noan'anaviy ozuqabop ekinlarni iqlimlashtirish, seleksiya va urug‘chilik ishlarini olib borish kabi qator vazifalar belgilab qo‘yilgan.
Bu borada almashlab ekish tizimlariga noa'anaviy ekinlarni kiritish va yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish hamda tuproq meliorativ holatini yaxshilash, chorvachilikda yem-xashak hajmini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini kengaytirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Mazkur maqolada Xorazm viloyatining o`tloqi allyuvial tuproqlarida Krotalariya (Crotalaria juncea) dan yuqori va sifatli don hosili olish uchun uni aprel oyining uchinchi o‘n kunligida gektariga 14 kg dan ekilgan. Crotalaria juncea o`simligi chorvachilikning vitaminlarga boy yem-hashak bazasini yaratishda katta ahamiyatga ega bo'lgan dukkakli o'simliklardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada chorvachilikni to`yimli yem-hashak bilan ta’minlash bilan birga asalarilar uchun ham Crotalaria junceani gullagan paytida gul nektarlarini olishi mumkin. Crotalaria juncea o`simligining ahamiyati va uning tuproq unumdorligini yaxshilash hamda fermer xo`jaliklari uchun barqaror- iqtisodiy foydali jihatlari ochib berilgan.