JO‘XORI VA BEDANING MAVSUMIY SUV ISTE’MOLI KO‘RSATKICHLARI
Abstract
Jahonda bugungi global iqlim o‘zgarishi sharoitida suv tanqisligini qishloq xo‘jaligi ekinlarida va deyarli har qadamda, har soniyada his qilish mumkin bo‘lib qoldi. Suv tanqisligi tobora kuchayib borayotgan hozirgi sharoitida xalqaro munosabatlarda suv zaxiralariga egalik qilish borasida tanglik saqlanib qolmoqda. Dunyoda ko‘plab suv omborlarining toshqini natijasida buzilgan hamda sug‘orilib dehqonchilik qilinadigan tuproqlarning meliorativ holatini baholash ularni qisqa muddatda sug‘orma dehqonchilikda foydalanishga kiritish maqsadida moyli va yem-xashak ekinlarini tanlash, yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish hamda dunyo aholisining o‘simlik moyiga, chorvachilikni esa yem-xashakga bo‘lgan talabini qondirish, tuproqning meliorativ holatini yaxshilaydigan ekinlarning sug‘orish tartibi, muddati va suv iste’molini, tuproqning suv muvozanatlariga ta’siri bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish dolzarb sanaladi.