VIRTUAL DEKORATSIYALAR VA AN’ANAVIY PAVILYON: KINO RASSOM IJODIDA YANGI IMKONIYATLAR
Abstract
Mazkur ilmiy maqolada virtual dekoratsiyalar va an’anaviy pavilyon tushunchalarining zamonaviy tasviriy san’atdagi o‘rni nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Raqamli texnologiyalar ta’sirida shakllanayotgan yangi badiiy muhit rassom ijodiy tafakkurini kengaytirib, makon, vaqt va obraz talqinida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Tadqiqotda milliy kino kontekstida virtual dekoratsiyalar o‘zbek me’moriy bezaklari, milliy ornament va rang tizimini zamonaviy texnologiyalar orqali jonlantirish imkonini berishi, bu jarayon tasviriy yechimda milliylik va zamonaviylik uyg‘unligini ta’minlab, film asarlarining badiiy ta’sir kuchini oshira olishi yoritiladi. Mazkur ilmiy xulosalar zamonaviy san’atshunoslik, sahna va kino bezagi bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar uchun nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.