IJTIMOIY TARMOQLAR: ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O’RNI VA TA’SIRI

Shahobiddinova Ziyoda Farohiddin qizi

Abstract

Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda inson hayotining ajralmas qismiga aylanib, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy va salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ular insonlar o‘rtasidagi muloqotni osonlashtirishi, biznes va ta’lim sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishi bilan ahamiyatli. Ayniqsa, onlayn ta’lim platformalari va kasbiy rivojlanish uchun yaratilgan guruhlar orqali ko‘plab odamlar yangi bilim va tajribaga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi, firibgarlik va kiberjinoyatchilik kabi xavf-xatarlar ham ortib bormoqda. Ba’zan foydalanuvchilar o‘z shaxsiy ma’lumotlarini e’tiborsiz qoldirib, kiberhujum qurboniga aylanadi. Shuningdek, haddan tashqari ijtimoiy tarmoqlarga bog‘lanish inson ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, real hayotdagi ijtimoiy aloqalarning susayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, zamonaviy jamiyat ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish madaniyatini shakllantirishi lozim. Ijtimoiy tarmoqlarni salbiy tomonlari boʻlgani kabi bir qatorda ijobiy tomonlarini ham koʻra bilishimiz lozim. Negaki bugungi raqamli iqtisodiyot davrida ijtimoiy tarmoq muhim omilga aylanib uygurgani ayni haqiqat. Bugungi kunda ijtimoiy tarmoq orqali insonlar biznes bilan shugʻullanishi, maxsulotini keng tarmoqli reklama qilish, masofaviy taʼlim olish, taʼlim berish va judayam koʻp imkoniyatlardan keng foydalanishi mumkin.

Full text article

Generated from XML file

Authors

Shahobiddinova Ziyoda Farohiddin qizi
qizi, S. Z. F. (2025). IJTIMOIY TARMOQLAR: ZAMONAVIY JAMIYATDAGI O’RNI VA TA’SIRI. Journal of Creativity in Art and Design, 3(3), 1–4. Retrieved from https://journals.proindex.uz/index.php/JCAD/article/view/2283
Copyright and license info is not available

Article Details